Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI OCHIQ MULOQOT TARZIDA BO‘LIB O‘TDI
2024-04-18 18:43:59 136
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev "Xonariq" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari ham ishtirok etdilar. Tuman hokimi mahallada aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar haqida to‘xtalar ekan, shu o‘rinda, band bo‘lmagan aholi uchun ikkilamchi ijara shartnomasi asosida yer ajratish, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan yoshlarga sharoit va imkoniyatlar xususida ham gapirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi Prezidentimizning joriy yil 5 aprelda qabul qilingan "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida Toshloq tumanida amalga oshirilyotgan ishlar haqida gapirdi va bu borada yoshlarning takliflari tinglandi.
Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida yoshlarning murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilab olindi.