Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BESARANGNI ERTAPISHAR QOVUNLARI YAQIN KUNLARDA EKSPORTGA JO‘NATILADI
2024-04-19 14:23:12 154
Bu yil ham mahalla ahli 40 gektar yerda eksportbop qovun navlarini parvarishlayapti. Hozirda ilk hosil nishonalari bo‘y ko‘rsatib, qovunlar kundan kunga rivojlanmoqda. Mirishkorlarning qayd etishicha, serquyosh kunlar bo‘lib tursa, qovunlar uzog‘i bilan ikki haftada pishib eksportga jo‘natiladi.
Bugungi kunda mahalladagi mingdan ortiq oilaning aksariyati o‘z tomorqasida qovun ekadi. Keyingi yillarda innovasion yondashuv tufayli aholi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etilib, intensiv usulda qovun yetishtirish yaxshi daromad manbaiga aylandi. Bitta oila ushbu tarmoqdan har yili o‘rtacha 50-60 million so‘m daromad oladi. Shuningdek, turli sabzavot va rezavorlar ko‘chatlari yetishtirib sotish ham mahalla ahlining qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.
Bu yil besarangliklar 100 tonnadan ko‘proq qovun eksport qilishni maqsad qilishgan.