Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 78 - SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-02 17:43:47    117

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Kun tartibidagi dastlabki masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qaror ijrosi yuzasidan 2024 yilning   I-choragida sektorlar hududida amalga oshirilgan ishlar borasida sektorlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – Tumanda 2024 yilning I-choragida jamoat xafsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Navbatdagi masala - 2024 yilning I-choragi davomida tumandagi sektorlar faoliyati, davlat dasturlarining ijrosi va tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash sifati to‘g‘risida.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17-maydagi PF-136-sonli “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tumanda ijrosi haqida Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi axboroti.
Navbatdagi masala - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining 2024 yil  4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-qarori ijrosi haqida. 
Navbatdagi masala - Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash to‘g‘risida.
Shuningdek, sessiya davomida tumanda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan 2024 yilning I-choragi  davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar eshitildi.  
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.