Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“U KUNLARNI BIZ KO‘RDIK, AVLODLARIMIZ KO‘RMASIN”,- DEYDI IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHISI ODILJON OTA ZOKIROV

×

 2024-05-08 18:01:30    114

PDF yuklash
Chop etish


Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Odiljon ota Zokirov Toshloq tumanidagi “Shodlik” mahallasida istiqomat qiladi. Oradan 79 yillik vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, otaxon urushning mudhish oqibatlarini sira unutmagan. U bugun ham shu xotiralar bilan yashaydi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda hursandmiz. Ayniqsa, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha’ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Biz, har yili ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan juda mamnunmiz. Ilohim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, - deydi ko‘zlarida quvonch yoshlari bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Odiljon ota Zokirov.
Odiljon ota Zokirov 1942 yili urushga chaqirilganda endi 18 yoshga kirgan yoshgina yigitcha edi. Lekin Vatan uchun kurashni o‘ziga sharaf, deb bilib jangga ketdi. Rossiya va Ukraina hududlarida kechgan suronli urushlarda ishtirok etdi. Urush qurbonsiz bo‘lmaydi, deganlaridek janglarda o‘nlab safdoshlarini yo‘qotdi. Otaxonning urush haqidagi hikoyalarini tinglar ekansiz, inson hayotidagi eng baxtiyor onlar tinchlikda, xotirjamlikda o‘tgan daqiqalar ekanligiga ishonch hosil qilasiz.
Odiljon ota Zokirov 101 yoshni qarshiladi. Turmush o‘rtog‘i bilan 4 o‘g‘il va 6 qizni voyaga yetkazib, ularni jamiyatga manfaat keltiradigan inson sifatida tarbiyaladilar. Hozirda 200 dan ortiq nabira, chevara va evaralarning duogo‘yi bo‘lib, doim ardoqda.