Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIM QABULI: KO‘PLAB MUROJAATLAR HAL ETILDI

×

 2023-05-23 15:39:16    257

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. 
Qabul davomida tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etib, har bir muammoni joyida bartaraf etishga harakat qilindi. Ayrim muddat talab etilgan murojaatlar qat’iy nazoratga olindi.
Qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.