Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ZARKENTDA BANAN YETISHTIRILMOQDA

 2018-06-12 10:14:21    138

PDF yuklash
Chop etish


Yaxshi xabarning qo’sh qanoti bo’ladi deyishadi. Zarkentlik tomorqachilar o’z honadonlarida banan yetishtirishmoqda degan habardan rosti quvondik. 50-60 daraja issiq iqlimda pishadigan tsitrus mevani ham etishtirishga astoydil bel bog’lagan tomorqachilar huzuriga shoshildik. 

“Qalovini topsang qor ham yonadi” deb bejizga aytishmagan. Faqat har bir ishning uddasidan chiqa bilish, harakat va intilish zarur ekanda. Zarkentning Asilobod mahallasilik Mahammadjon aka Karimov va Muharramxon opa Qobulovalarni ana shunday tinib-tinchimas insonlardan deyish mumkin. Boisi ular bir qarich erni ham isrof qilmay undan oqilona foydalanayotgan, bu orqali esa oilasi to’kisligini ta’minlab kelayotganlardan. Mahallaning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutaxassisi Mukambarxon Soipova hamroxligida xonadonga tashrif buyurganimizda bunga yana bir bor amin bo’ldik. 4 sotixlik issiqxonada 10 tupdan ortiq banan, 32 tup limon ko’chatlari orasiga pomidor, bodring, bulg’or qalampiri, yalpiz va yana ro’zg’or uchun kerakli bo’lgan turli ko’katlar ekilib parvarishlab borilmoqda.

-                     Erta bahorda 50 ming tupdan ortiqroq turli ko’chatlar, yalpiz va ko’katlarni bozorga chiqargan bo’lsak, qolgan ko’chatlarni etishtirib endilikda tayyor hosilni sotuvga chiqarmoqdamiz, - deydi xonadon kelini Muniraxon Ergasheva.

Issiqsevar banan daraxtini bir necha yildan buyon parvarishlab kelayotgan tomorqachilar bu yil hosil olishga astoydil kirishgan ko’rinadilar. Mahammadjon aka o’g’li Ne’matjon bilan o’simlik uchun kerakli sharoitlarni yaratish, namlik va issiqlikni etarli darajada etkazib berish harakatida.

- Inson uddalagan ishni inson qila oladi deyishadi. Ayni kunda banan etishtirishni uddasidan chiqayotgan andijonlik mutaxassislar bilan fikr almashib biz ham alohida issiqxona qurib, ushbu mevani shu erda etishtirishga harakat qilmoqchimiz, - deydi Ne’matjon Karimov. - Vitaminlarga boy bo’lgan banan o’zimizda etishtirilsa, narxi ham arzonlashadi, qolaversa tomorqamizda qo’shimcha ishchi kuchiga extiyoj paydo bo’lib, qo’ni-qo’shnilarimizni ham bu ishlarimizga jalb qilamiz. Buning uchun esa barcha sharoit va imkoniyatlar etarli, faqat ulardan oqilona foydalansakgina bo’lgani.

Banan mevalari hozir 10 santimetr kattalikda. Yana bir necha oydan so’ng uning pishib etilganini ko’rish va sizga ham albatta ilinish niyatida xonadon egalari bilan hayrlashdik.

Husnidaxon Yakubova,

“Toshloq tongi” muxbiri.