Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
2017-09-30 14:44:18 1156
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH VA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH UCHUN DAVLAT BUYURTMASINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI VA VAZIRLIKLAR, IDORALAR VA BOSHQA TASHKILOTLARNING ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH VA RIVOJLANTIRISH UCHUN MAS’UL BO’LGAN IXTISOSLASHTIRILGAN TARKIBIY BO’LINMALARINING SHTATDAGI XODIMLARINI MODDIY RAG’BATLANTIRISH TO’G’RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 5-son, 54-modda,
40-son, 528-modda; 2015 y., 26-son, 338-modda, 50-son, 628-modda)
Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha kompleks dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda:
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlash bo’yicha Idoralararo komissiya tarkibini;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko’nikmalarini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risida» 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-son qaroriga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha savolnomani tasdiqlasin.
3. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi barcha organlariga yuborsin;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini o’qitish va malakasini oshirish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
loyihalarni joriy qilishning erishilgan ko’rsatkichlari va natijalarini aniqlash, shuningdek davlat buyurtmasining manzilli qismini aniqlashtirish va yangilash uchun davlat buyurtmasi loyihalarini o’z vaqtida shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan har chorakda monitoring olib borsin;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijalari to’g’risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.
4. Vazirliklar, davlat qo’mitalari, agentliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlariga:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirishning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyihalarning o’z vaqtida tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomga ilova), bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor berilsin:
axborotlashtirish, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish;
loyihalarni tugallashda erishiladigan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari manfaatlari uchun eng muhim va ustuvor idoralararo loyihalarni, ko’rsatkichlarni qo’llab-quvvatlash;
b) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haqlarni belgilash mezonlarini hisobga olgan holda 2013 yil 1 iyulgacha kadrlarni tanlash choralarini ko’rsinlar, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
belgilangan tartibda o’tkazilgan attestatsiya natijalari bo’yicha ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlari uchun belgilangan kompyuter savodxonligi darajasi talablariga muvofiqligi;
idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini, Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashadigan axborot tizimlari komplekslarini o’z vaqtida joriy qilish;
axborot tizimlari, shu jumladan qog’ozsiz hujjat aylanish ulushining ko’payishini ta’minlashni hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;
axborot xavfsizligi, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2013 yil 25 yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 yanvardagi 18-son qaroriga
1- ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasining mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi (keyingi o’rinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) — ma’lumotlar banklarini saqlash, qayta ishlash va boshqarish hamda turli interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun davlat organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy qilish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, «Elektron hukumat» tizimini, milliy qidiruv tizimlarini va datamarkazlarni shakllantirish bo’yicha loyihalarning yagona reestri;
loyiha tashabbuskori — davlat buyurtmasi doirasida loyiha amalga oshirilishini boshlab beruvchi vazirlik, davlat qo’mitasi, agentlik, idora, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi va davlat boshqaruvi boshqa organlari;
ishchi organ — davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
(2-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlab olish bo’yicha Idoralararo komissiya (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) — kamida o’n bir kishidan iborat tarkibda shakllantiriladigan va 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
tanlov (tender) savdolari — axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish, materiallar, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun savdolar o’tkazilishini tashkil qilish mexanizmi;
«Elektron hukumat» tizimi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to’g’risida axborot olish (almashish) tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta’minlovchi davlat organlarining faoliyatini tashkil qilish shakli;
idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimi — davlat organlari o’rtasida axborotni yig’ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash va foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot tizimlari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui;
idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i — foydalanuvchilarga davlat resurslaridan masofadan foydalana olishni va ushbu resurslardan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlovchi davlat organlari o’rtasida hududiy jihatdan bo’lib joylashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari, telekommunikatsiya vositalari va (yoki) tizimlarining o’zaro bog’liq yig’indisi;
milliy qidiruv tizimi — Internet tarmog’ida axborotni qidirish imkoniyatini taqdim etuvchi tegishli interfeysga ega dasturiy-apparat kompleksi;
datamarkaz — davlat organlarining manfaatlarida idoralararo xarakterdagi axborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish bo’yicha hisoblash resurslari, axborot tizimlari vositalari va ma’lumotlarini birlashtirilgan holda saqlash va joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan texnologik maydoncha.
3. Davlat buyurtmasi idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan va erishilgan ko’rsatkichlarni har chorakda aniqlashtirgan hamda davlat buyurtmasining manzilli qismini yangilagan holda har yillik asosda shakllantiriladi.
4. Davlat buyurtmasi loyihalarning maqsadlari, vazifalari, yo’nalishlari, kutiladigan natijalari va baholash qiymati, loyihani amalga oshirish uchun yillar bo’yicha moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
5. Davlat buyurtmasi yig’ma jadvallar bo’lgan tahliliy va manzilli qismlardan iborat.
6. Quyidagilar davlat buyurtmasini shakllantirishning asosiy printsiplari hisoblanadi:
axborotlashtirish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek loyihalarni tanlash amaliy mexanizmini shakllantirish va ularni amalga oshirish monitoringi asosida mablag’lardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
davlat organlari manfaatlari uchun eng muhim va ustuvor idoralararo loyihalarni qo’llab-quvvatlash;
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish sohasidagi loyihalarni davlat boshqaruvi samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifati oshirilishini ta’minlovchi hajmlarda birinchi navbatda moliyalashtirish;
idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini shakllantirish;
davlat organlari manfaatlari uchun loyihalarni davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish;
davlat buyurtmasining maqsadli vazifasiga javob beradigan ilgari boshlangan loyihalarning tugatilishini birinchi navbatda moliyalashtirish.
Loyihalarning samaradorligi, axborotlashtirishning alohida yo’nalishlarini rivojlantirish ustuvor vazifalari, davlat organlari manfaatlari uchun loyihalarni tugatishda erishiladigan ko’rsatkichlar loyihalarni shakllantirishdagi asosiy mezonlar hisoblanadi.
7. Davlat buyurtmasini shakllantirishda yirik va o’ta muhim loyihalar alohida kiritiladi, katta bo’lmagan bir xildagi loyihalar bir butun sifatida kiritilishi mumkin (masalan, axborot tizimlari komplekslarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish).
8. Davlat buyurtmasi har yili 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha respublika komissiyasi (keyingi o’rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) qarori bilan tasdiqlanadi.
(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
9. Respublika komissiyasi qarorlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi (keyingi o’rinlarda Jamg’arma deb ataladi) tomonidan davlat buyurtmasi loyihalarini moliyalashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
(9-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
II. Davlat buyurtmasining tahliliy qismini shakllantirish
10. Tahliliy qism maqsadli mablag’larning kapital qo’yilmalari hajmlarini asoslashni, davlat buyurtmasining samaradorligini baholashni, loyihalarni tanlab olish mezonlarini o’z ichiga oladi.
11. Tahliliy qism tarkibida loyihalarning yo’nalishlari («Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish) bo’yicha umuman davlat buyurtmasi yuzasidan mablag’larning kapital qo’yilmalari tarkibi belgilanadi.
Bunda loyihalar amalga oshirilganidan keyin idoralararo o’zaro hamkorlik samaradorligining prognoz qilinadigan natijalari hisob-kitob qilinadi.
III. Davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish
12. Manzilli qism quyidagilar uchun amalga oshiriladigan loyihalardan iborat bo’ladi:
Milliy axborot tizimi doirasida «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish, idoraviy axborot tizimlarining integratsiyasi;
davlat organlari manfaatlari uchun idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish;
milliy qidiruv tizimlarini joriy qilish, milliy datamarkazlarni yaratish.
13. Davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish jarayoni davlat organlari manfaatlari uchun har bir loyiha bo’yicha batafsil axborot tayyorlash, ustuvorligi bo’yicha loyihani tanlab olish va loyihalar ro’yxatini shakllantirishdan iborat.
14. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bo’yicha axborot loyiha tashabbuskorlari tomonidan tayyorlanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
loyiha pasporti;
loyihani amalga oshirish va moliyalashtirish reja-jadvali;
davlat buyurtmasining manzilli qismini shakllantirish sanasiga loyihani amalga oshirish holati to’g’risida batafsil axborot.
15. Loyiha pasporti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
loyihaning maqsad va vazifalari;
texnik tasnifi;
kutilayotgan natijalar;
tashkiliy tadbirlar samaradorligini baholash va ularning ko’lamlari;
loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag’lar hajmi va ularga bo’lgan ehtiyoj;
asosiy moddiy va inson resurslarining mavjudligi.
16. Muayyan loyihani tanlab olish uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi, iqtisodiy va moliyaviy samaradorligi, amalga oshirilishi va davlat organlari manfaatlarida idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish bo’yicha kompleks dastur vazifalariga muvofiqligi asosida amalga oshiriladi.
17. Quyidagilar loyihaning ustuvorligini aniqlash mezonlari hisoblanadi:
loyihaning axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatiga muvofiqligi;
dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari sohasidagi mahalliy ishlanmalardan foydalanish darajasi;
kutilayotgan natijalar;
loyihaning ijtimoiy ahamiyati;
loyihani amalga oshirishga tayyorlik darajasi (texnik loyiha, biznes-reja, loyiha bo’yicha xulosaning mavjudligi);
ishga tushirilganidan keyin foydalanish xarajatlari miqdori.
18. Har bir mezonning muhimlik darajasi axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati va davlat organlari manfaatlarini hisobga olgan holda ishchi organ tomonidan belgilanadi.
19. Loyihani tanlab olish natijalari asosida davlat buyurtmasining manzilli qismi shakllantiriladi.
IV. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun loyihalarni tanlab olish tartibi
20. Davlat buyurtmasi loyihalarini tanlab olish o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
21. Komissiya tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek boshqa idoralarning vakillari kiradi.
(21-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
22. Komissiyaning shaxsiy tarkibi kamida o’n bir kishidan iborat etib shakllantiriladi, uning tarkibiga rais, uning o’rinbosari va kotib kiradi, Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(22-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
V. Davlat buyurtmasini shakllantirish muddatlari
23. Loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish jarayoni yillik tsiklga ega va har bir yilning oxiriga yangilangan manzilli qismning tayyorlanishini ta’minlovchi ilovaga muvofiq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
24. Ishchi organ har yili 1 avgustgacha davlat organlariga amalga oshirilayotgan axborotlashtirishni rivojlantirish bo’yicha davlat siyosati, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va integratsiyalashgan axborot tizimlari va boshqalarni joriy qilish vazifalari va maqsadli yo’nalishlardan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarni yuboradi.
(24-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
25. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
loyiha tashabbuschilari idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish bo’yicha kompleks dasturlar hamda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari asosida joriy yilning 1 sentyabrigacha ko’rib chiqish va tanlab olish uchun ishchi organga loyihalarini taqdim etadilar;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
ishchi organ joriy yilning 1 oktyabrigacha loyihalarni ko’rib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi;
(25-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
Komissiya o’z majlisida joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay taqdim etilgan loyihalarni ko’rib chiqadi, tanlab olingan va butlangan loyihalar davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish uchun Komissiya tomonidan ma’qullanadi.
(25-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
Komissiya taqdim etilgan loyihalarni samarali tanlab olish maqsadida quyidagi mezonlar asosida o’rganib chiqadi:
axborotlashtirish sohasidagi loyihalarning muhimligi va ustuvorligi:
hukumat qarorlari bilan amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar;
axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon miqyosini, axborotni muhofaza qilish va undan foydalanishni hisobga olgan holda, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini joriy qilish bo’yicha kompleks dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar.
Ishchi organ joriy yilning 20 oktyabridan kechiktirmasdan shakllantirilgan va butlangan davlat buyurtmasini tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritadi.
(25-bandning to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
Respublika komissiyasi joriy yilning 1 noyabridan kechikmasdan davlat buyurtmasini tasdiqlaydi.
(25-bandning o’ninchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
26. Istisno tariqasida yil davomida davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish uchun ishchi organ kelgusida tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritish uchun bevosita Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladigan loyihalarni taklif qilishi mumkin.
(26-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
VI. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish tartibi
27. Jamg’arma mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar davlat buyurtmasini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
28. Ishchi organ Respublika komissiyasi tomonidan davlat buyurtmasi tasdiqlanganidan keyin loyiha tashabbuschilari bilan birgalikda belgilangan tartibda Jamg’arma mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan davlat buyurtmasining yangi boshlanadigan loyihalari bo’yicha tanlov (tender) savdolarini o’tkazadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
O’tkazilgan tanlov (tender) savdolari natijalari bo’yicha ishchi organ, loyihalar tashabbuschilari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar tizim integratorlari vaG’yoki tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) etkazib beruvchilar o’rtasida belgilangan tartibda davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuziladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
29. Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat buyurtmasining yangidan boshlanadigan loyihalari bo’yicha tanlov (tender) savdolari loyihalar tashabbuschilari tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladi.
30. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish uchun Jamg’arma mablag’larining ajratilishi ishchi organ va Jamg’arma o’rtasida imzolangan shartnoma asosida talabnomalar bo’yicha amalga oshiriladi.
31. Davlat buyurtmasini Jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtirish ishchi organning vakolatlangan bankdagi maxsus hisob raqami orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32. Loyihalarni moliyalashtirish bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida loyihalarni amalga oshirish jadvallariga ko’ra bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
33. Loyiha amalga oshirilganidan keyin bajarilgan ishlarning yakunlovchi dalolatnomasini imzolash uchun ishchi organ mutaxassislari va loyiha tashabbuschilaridan iborat qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi.
34. Qabul qilish komissiyasi bajarilgan loyihaning texnik topshiriqqa va qo’yilgan vazifalarga muvofiqligi to’g’risida xulosa tuzadi, shuningdek davlat buyurtmasi loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan, sotib olingan va joriy qilingan apparat-dasturiy komplekslar hamda dasturiy mahsulotlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini shakllantiradi.
Davlat buyurtmasi doirasida Jamg’arma mablag’lari hisobiga ishlab chiqilgan, sotib olingan va joriy qilingan apparat-dasturiy komplekslar hamda dasturiy mahsulotlar:
«Elektron hukumat» tizimining idoralararo infratuzilmasi (idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, datamarkazlar, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlari)ni joriy qilish loyihalari bo’yicha ishchi organga;
tarmoq axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish loyihalari bo’yicha loyihalar tashabbuskorlariga topshiriladi.
Loyiha tashabbuskorlari davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarining keyingi kuzatilishi va qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashlari kerak.
35. Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablag’lar hisobiga loyihalarni moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Davlat buyurtmasining bajarilgan loyihalari monitoringi
36. Ishchi organ davlat buyurtmasining bajarilgan loyihalari doirasida amalga oshirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini keyingi kuzatish va qo’llab-quvvatlash holatining monitoringini olib boradi.
37. Monitoring natijalari davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirishning borishi to’g’risidagi har choraklik hisobotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish uchun tayyorlashda foydalaniladi.
(37-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 2 oktyabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2013 y., 40-son, 528-modda)
VIII. Yakuniy qoidalar
38. Loyihalarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik ishchi organ zimmasida bo’ladi.
39. Davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish doirasida yaratilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini keyingi kuzatish va qo’llab-quvvatlash, tayyorlanayotgan loyihalar (loyihalar guruhi) bo’yicha axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik loyihalar tashabbuschilari zimmasida bo’ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomga
ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar | Tadbirlar | Muddatlar | Mas’ullar |
1-bosqich | Ishchi organ davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlash bo’yicha metodik ko’rsatmalarni davlat organlariga yuboradi. |
har yili 1 avgustgacha |
Ishchi organ |
2-bosqich | Loyiha tashabbuskorlari loyihalar bo’yicha takliflar va dastlabki axborotni tayyorlaydilar, yillik davr uchun davlat buyurtmasiga kiritish uchun ishchi organning ko’rib chiqishi uchun kiritadilar. | 1 sentyabrgacha | Loyihalar tashabbuskorlari, ishchi organ |
3-bosqich | Ishchi organ axborotlashtirish sohasida rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiq loyihalarni o’rganib chiqadi va ularni Komissiyaning ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi. | 1 oktyabrgacha | Ishchi organ, Komissiya |
4-bosqich | Komissiya davlat buyurtmasi loyihalarini belgilangan tartibda ko’rib chiqadi, tanlab olingan va butlangan loyihalar davlat buyurtmasining manzilli qismiga kiritish uchun taqdim etiladi. | 15 oktyabrgacha | Komissiya |
5-bosqich | Ishchi organ davlat buyurtmasining loyihasini tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritadi. | 20 oktyabrgacha | Ishchi organ, Respublika komissiyasi |
6-bosqich | Davlat buyurtmasining loyihasi Respublika komissiyasining protokoli qarori bilan tasdiqlanadi. | 1 noyabrgacha | Respublika komissiyasi |
7-bosqich | Davlat buyurtmasini amalga oshirishning birinchi yiliga kiritiladigan yangi boshlanadigan loyihalar bo’yicha tanlov (tender) savdolari o’tkaziladi. | noyabr — yanvar | Ishchi organ, loyihalar tashabbuskorlari |
8-bosqich | Tasdiqlangan davlat buyurtmasi va o’tkazilgan tanlov (tender) savdolariga muvofiq belgilangan tartibda loyihalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuziladi. | yanvar-fevral | Ishchi organ, loyihalar tashabbuskorlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tizim integratorlari, tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) etkazib beruvchilar |
(ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda tashkilotlar deb ataladi) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo’linmalarining (keyingi o’rinlarda ixtisoslashtirilgan bo’linmalar deb ataladi) shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari (departament, boshqarma, bo’lim, xizmat, guruh, sho’’ba) va tasarrufidagi tuzilmalar (davlat unitar korxonalar, sho’’ba korxonalar, filiallar) shaklidagi ixtisoslashtirilgan bo’linmalarga joriy etiladi.
2. Ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlarini moddiy rag’batlantirish lavozim maoshiga ustama haq to’lash tarzida amalga oshiriladi.
3. Ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haq tegishli tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan belgilanadi.
II. Ustama haq belgilash mezonlari
4. Quyidagilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haq belgilash mezonlari hisoblanadi:
tashkilotlarda qog’ozsiz hujjat aylanish ulushini kamida o’rtacha ichki 90 foiz, idoralararo aylanishda – kamida 70 foiz ta’minlanishini hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish;
yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ikki tomonlama yoki tranzaktsion o’zaro hamkorlik shaklidagi 70 foizdan kam bo’lmagan mavjud interaktiv xizmatlar ta’minlanishini hisobga olgan holda joriy etish;
tashkilot rasmiy veb-saytining qonun hujjatlari talablariga kamida 80 foiz darajasida muvofiqligini ta’minlash;
tashkilotlarning markaziy apparatlaridagi lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish uchun vazifalarni 100 foiz darajasida, hududiy va tasarrufdagi bo’linmalarda – kamida 80 foiz bajarish;
axborot xavfsizligini ta’minlash;
tashkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha aniq asoslangan takliflar va tashabbuslar kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, boshqaruv va ish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo’yicha kompleks idoraviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashkilot axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini va uning ishida avariya holatlari, bekor turishlar va to’xtab qolishlar bo’lmasligini ta’minlash;
idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish;
Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalanadigan axborot tizimlari komplekslarini o’z vaqtida joriy qilish;
ixtisoslashtirilgan bo’linmalar shtatdagi xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasi bo’yicha talablarga muvofiqligi uchun attestatsiyadan o’tkazish natijalari bo’yicha ijobiy baho olishi;
tashkilot xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha dasturlarning o’z vaqtida bajarilishini tashkil qilish.
Ushbu bo’limda ko’rsatilgan mezonlar asosida har bir tashkilot axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatidan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni belgilash uchun o’z mezonlarini tasdiqlaydi.
III. Ustama haq belgilash tartibi
5. Tashkilot rahbariyati ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni ixtisoslashtirilgan bo’linmalar boshliqlarining ushbu Namunaviy nizomning II bo’limida ko’zda tutilgan mezonlar bo’yicha muddati, miqdori va asoslari ko’rsatilgan holda ustama haqlarni belgilash taqdimnomalari asosida belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan bo’linmalar boshliqlari uchun taqdimnomani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish masalalarini mutasaddilik qiluvchi tashkilot rahbarining o’rinbosari beradi.
6. Ustama haq ushbu ustama haq tayinlangan mezonlarga muvofiqligi ta’minlanmagan taqdirda, rahbarning mutasaddilik qiluvchi o’rinbosari, ixtisoslashtirilgan bo’linma boshlig’ining qo’yilgan vazifalarning bajarilmaganlik holatlari to’g’risida asoslangan tahliliy ma’lumotlar va materiallarni ilova qilgan holdagi asoslangan bildirishnomasi asosida tashkilot rahbarining qaroriga ko’ra belgilangan muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Mehnat intizomining buzilishi, shuningdek ishlarning bajarilishi yoki erishilgan natijalar to’g’risida noto’g’ri axborotning taqdim etilishi ustama haqlarning belgilanishini rad etish yoki belgilangan ustama haqlarni bekor qilish uchun sabab bo’lishi mumkin.
Belgilangan ustama haq ixtisoslashtirilgan bo’linmaning shtatdagi xodimiga hayfsan e’lon qilingan taqdirda bekor qilinishi mumkin, bunda ustama haqni bekor qilish to’g’risidagi qaror hayfsan e’lon qilinishi to’g’risidagi qarorda aytib o’tilgan bo’lishi kerak.
IV. Ustama haq to’lashni moliyalashtirish miqdori va manbalari
8. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga ustamalar xodim lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda belgilanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo’lgan boshqa tashkilotlar o’zlarining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda shtatdagi xodimlariga ustamalarni mustaqil belgilaydilar.
(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 50-son, 628-modda)
9. Ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni to’lash tegishli tashkilotlarning mehnatga haq to’lash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
10. Ixtisoslashtirilgan bo’linmalarning shtatdagi xodimlariga nisbatan tegishli tashkilotning mehnatga haq to’lash amaldagi tizimida ko’zda tutilgan rag’batlantirish bo’yicha boshqa to’lovlar ham qo’llanishi mumkin.
11. Samarali mezonlarga muvofiq ustama haqlarni belgilash va to’lashning samarali mezonlarini belgilash uchun javobgarlik tegishli tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi.