Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KELAJAK BOG’CHADAN BOSHLANADI

 2019-07-20 09:30:15    205

PDF yuklash
Chop etish


KELAJAK BOG’CHADAN BOSHLANADI

Tumanimizning Konizar mahallasida “Akademiya detstvo” nomli yana bir nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshladi

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy, jismonan etuk va Vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazish maqsadida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq yoshlarning mustahkam ta’lim va tarbiya olish jarayonlariga alohida etibor qaratilib kelinmoqda. Buni tumanimizda faoliyat yuritib kelayotgan 30 dan ortiq hususiy maktabgacha ta’lim muassasalari misolida ham ko’rish mumkin.

Konizar mahallasi fuqarolarining 570 nafarini maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tashkil etadi. Mahalla hududida bog’cha yo’qligi bois bugungacha ularning 175 nafarigina maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan, xolos. Masofa tufayli ko’pchilik oilalar farzandlarini ta’lim muassasasiga yubora olmayotgan edilar. Bugun ular quvonchining cheki yo’q. Boisi mahalla markazida 100 o’ringa mo’ljallangan, barcha zamonaviy sharoit va imkoniyatlar muhayyo etilgan, qolaversa rus, ingliz va koreys tillarini mukammal o’rgatuvchi maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.

Mahalla tadbirkori Olimjon Qodirov maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ishga tushirish maqsadiga qaratilgan imtiyozli kredit xisobiga “Akademiya detstvo” nomli horijiy tillarga ixtisoslashgan hususiy bolalar bog’chasini barpo etdi. Bu orqali tadbirkor mahalla bolalarining 100 nafarini ta’lim muassasasiga jalb etibgina qolmay, 20 ga yaqin ayollar uchun yangi ish o’rinlarini ham yaratdi. Muassasada horijiy tillar bo’yicha yetuk mutaxassislar Aksana Hamraeva, Lera Kogay, Tatyana Hajimatova, Kamila Abdullaeva, Sevara To’xtasinova singari pedagoglar faoliyati yo’lga qo’yilgani bois ham talabgorlar soni tobora ortib bormoqda.  

-  Hozirgi davr bolajonlarimizdan bilimli, o’tkir zexnli va boshqa tillarni ham o’zlashtirishni talab etyapti, - deydi tarbiyalanuvchi Mehrimoxning buvisi Muxtasarxon Sobirova, - Buning uchun biz avvallari shahardagi bog’chalarga nabiralarimizni olib borar edik. Bog’cha puli, yo’l harajatlari bizga ancha qiyinchilik tug’dirar edi. Mahallamizda ushbu muassasaning ishga tushirilishi ko’pchilik uchun ayni muddao bo’ldi.

Tadbirkorga bu ishlarda turmush o’rtog’i Nurxon opa, o’g’illari Qaxramonjon, Hasanboy, Xusanboy va Odiljon Qodirovlar, qolaversa kelinlari ko’makdosh bo’lishib shinam va ko’rkam maskan faoliyatini yo’lga qo’yishdi. Muassasaga talabgorlar soni kun sayin ortib borayotgani tufayli, Olimjon aka qo’shimcha bino qurib, qamrovni yanada kengaytirish, bilim va tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash niyatida ekanini bildirdi.

 

Husnidaxon Yakubova,

“Toshloq tongi” muxbiri.