Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QISHLOQ XO’JALIGI TO’KINCHILIGIMIZGA XIZMAT QILADI

 2019-08-06 08:34:39    24

PDF yuklash
Chop etish


`

QISHLOQ XO’JALIGI TO’KINCHILIGIMIZGA XIZMAT QILADI

 

Bozorlarimizning arzon, dasturxonimizning to’kin, turmushimizning farovon bo’lishida qishloq xo’jaligi sohasida etishtirilayotgan mahsulotlar asosiy o’rin tutadi. Ayniqsa bug’doydan bo’shagan maydonlarda dehqonchilik qilib turli mahsulotlar etishtirish ham erdan unumli, 2-3 martadan foydalanishni ta’minlash bilan birgalikda yuqoridagi ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Tumanimiz bo’yicha joriy yilda 5200 gektar bug’doydan bo’shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish rejalashtirilgan. Jumladan 1296 gektar erda sabzavot, 373 gektar erda kartoshka, 31 gektar erda kungaboqar, 1790 gektar erda dukkakli ekinlar, shuningdek sholi, ozuqabop ekinlar etishtiriladi. Xalqimizda ikkinchi non sanalgan kartoshka etishtirish bo’yicha shu kungacha 70 gektarga yaqin erga kartoshka urug’i qadaldi. Jumladan “Habibaxon Ilyos saxovati”, “Ahmad Muhammad Tohir”, “Nurli Shohruz Shahboz” singari fermer xo’jaliklarida kartoshka parvarishi ham qizg’in boshlab yuborildi.

Dukkakli ekinlardan hisoblangan mosh, loviya etishtirish borasida ko’plab fermer xo’jaliklarimizda etarli tajriba to’plab ulgurilgan. Buni shu kungacha tuman bo’yicha 1200 gektardan ortiq maydonga mosh, loviya ekilganligidan ham bilib olish mumkin. Varzakdagi “Muqaddas” fermer xo’jaligida 6, Axshakdagi “Sobir ota” fermer xo’jaligida 10,  “Tog’liq omad” fermer xo’jaligida 3 gektar erga ekilgan dukkakli ekinlar parvarishi qizg’in olib borilayotgan bo’lsa “Toshloq Xumoyun Sarvar”, “Jasurbek farovon zamin” singari fermer xo’jaliklarida ham rejalashtirilgan maydonlarga dukkakli ekinlarning o’z vaqtida qadalganligini ta’kidlash joizdir.

Bir so’z bilan aytganda bu yil tumanimizda g’allasi yig’ishtirib olingan maydonlarga rejali asosda ekinlarning ekilishi ta’minlanib paykallarda parvarishga jadal kirishilmoqda.

I. Sotqinov, tuman qishloq xo’jaligi bo’limining meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilikni rivojlantirish bo’yicha mutaxassisi.