Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O’QUVCHILARIMIZ RESPUBLIKA G’OLIBI

 2019-08-23 11:47:19    173

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning chekka hududlaridan bo’lgan Bo’ston mahallasining 628 nafar yoshlari taxsil olayotgan 48 nafar pedagog faoliyat ko’rsatib kelayotgan 34-maktabda o’quvchilaridan tuzilgan “Yosh avtonazoratchi” guruhi a’zolari bu yil “Yashil chiroq” tanlovining respublika bosqichidan g’alaba bilan qaytishdi.

4-11 iyun kunlari Surhondaryo viloyatining Uzun tumanida bo’lib o’tgan musobaqaning final bosqichida maktabimizning 6-9-sinflaridan saralab olingan 6 nafar jamoa a’zolari ishtirok etishdi. Respublika bosqichiga qadar tanlovning xududiy bosqichlarida ham o’z faolliklari bilan g’alabaga erishib kelgan o’quvchilarimiz yutuqlarida ustozlarimizning say’-harakatlari katta bo’ldi.

Jumladan avvalo maktabimiz direktori Shukurbek Mahmudov, ChYoT fani o’qituvchisi Davronbek Shokirov, jismoniy tayyorgarlikdan Boburjon Hoshimov, texnologiya fani mutaxassisi Shahzodaxon Hojimurodova, hamshiramiz Nargizaxon Tojiboeva, qolaversa eng asosiy tushunchalarni o’rgatib borgan  “Toshloq avto ustoz” MChJ o’qituvchi va yo’riqchi mutaxassisi Otabek Isomiddinovlarning xizmati beqiyos bo’ldi.

Gurux sardori Asadbek Ma’murov, a’zolar Mo’minjon Ne’matov, Abdurasul Qodirov, qizlardan Diyoraxon Begmatova, Zarnigor Homidova hamda Yoqutoy Najmiddinovalar o’rgangan bilimlarini tanlov hakamlar hay’ati va yig’imlganlar e’tiboriga havola etib ularning olqishiga sazovor bo’lishdi.

O’quvchilar o’rtasida ular bilan bog’liq yo’l-transport xodisalarining sodir etilishini oldini olish maqsadiga qaratilgan tanlovda ishtirokchilar nizomda belgilangan 10 ta shart bo’yicha bellashdilar. Musobaqani kuzatar ekanmiz jamolardagi yoshlarning o’tkir zehni, aql-idroki, g’alabaga bo’lgan intilishni ko’rib quvondik. Tumanimiz va viloyatimiz sha’ni uchun bahs olib borgan bo’stonlik yoshlarning har birida ham ana shunday intilish va g’alabaga ishonch borligi ularni g’oliblik sari undadi.

Zarifaxon Fazlitdinova,

maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.