Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QAROR VA IJRO: KOMPENSATSIYA PULI KO’PAYTIRILDI

 2019-11-14 09:41:52    160

PDF yuklash
Chop etish


Respublika Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 oktyabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to’liq joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan joriy yilning 1 oktyabridan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo’yicha qo’shimcha harajatlarni qoplash uchun to’lanayotgan pul kompensatsiyasi 22300 so’mdan 50000 so’mga oshirildi. Ana shu kompensatsiya kimlarga va qay tartibda to’lanadi?

Kompensatsiyani quyidagi shaxslar oladilar:

-yoshga doir nafaqasi oluvchilar;

-nogironlik nafaqasi oluvchilar;

-boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi oluvchilar (har bir boqimandaga);

-boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini oluvchilar (har bir boqimandaga);

-nogironligi bo’lgan 16 yoshgacha (18 yoshgacha OIVni yuqtirgan shaxslarga) nafaqa oluvchilar;

-bolalikdan nogiron bo’lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa oluvchilar;

-eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchilarga (416150 so’m va undan kam).

Eslatib o’tmoqchimizki 2019 yilning oktyabr oyida 22300 so’m miqdorda kompensatsiya pulini olganlarga joriy oy yakuniga qadar qo’shimcha 27700 miqdoridagi kompensatsiya puli to’lanadi. Shuningdek eng kam yoshga doir pensiya miqdorida (436150 so’m) pensiya oluvchilarga 2019 yil oktyabr oyi uchun kompensatsiya puli noyabr oyida noyabr oyi kompensatsiya puli bilan qo’shib ( 2 oy uchun) to’lanadi.

Tumanimiz bo’yicha ayni kunda 22630 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo’lib ularning 16645 nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisoblanishadi. Nogironlik pensiyasi oluvchilar 1893, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini oluvchilar 890, ijtimoiy nafaqa oluvchilar 1329 nafarni tashkil etib joriy yilning 9 oyi davomida pensiya va nafaqalar to’lovi uchun 112 milliard so’m moliyalashtirilib to’lovlarning amalga oshirilishi ta’minlandi. Ta’kidlash joizki  yuqoridagi qaror fuqarolarimiz uchun yana bir g’amxo’rlik namunasi bo’ldi.

Z. Azizov,

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi tuman bo’limi boshlig’i.