Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
60
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

352025-04-01 07:45

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar o‘rganildi

Qo‘shtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda”, “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi B.Parpiyev tashrif buyurdi. “Loyson” mahallasida bo‘lgan B.Parpiyev mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashib, har bir xonadonda tomorqadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, suv bilan ta’minlash, suvni tejovchi sug‘orish tizimlari, elektr energiyasi bilan ta’minotidagi muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, B.Parpiyev “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbir doirasida mahalladagi qirg‘iz millati vakillari bilan uchrashib, ular bilan ham suhbatlashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz