Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
68
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1432025-04-10 09:53

TOSHLOQ TUMANI HOKIMI ABDUQAHHOR DJURABAYeV NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI

Aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar, jumladan, moddiy yordam, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llarni asfaltlash, elektr ta’minotidagi uzilishlar, simyog‘ochlarni yangilash, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar haqida murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida eshitilib, mutasaddi tashkilotlar va sektor rahbarlari ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, boshqalari bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar va muddatlar yuklatildi. Tuman hokimi qabul yakunida murojaatlar bilan ishlashda shaffoflik, ochiqlik va mas’uliyat asosiy mezon bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir fuqaroning muammosi yechim topishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz