Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


Transport xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mavjud yo’nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to’g’risida axborotlar taqdim etish

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

Transport xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mavjud yo’nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to’g’risida axborotlar taqdim etish

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Transport va yo'lovchi toshish xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot:

Farg`ona viloyati hokimligi

Bog`lanish:

Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40


Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) "Avtomobil transporti to‘g‘risida", "Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida", "Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi to‘g‘risida", "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transportida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Yo‘l chiptalari, yo‘l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo‘nalishlar, avtovokzallar (avtostantsiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yo‘riqnoma-metodik hujjatlar "O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti" agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yo‘lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo‘yiladigan talablar: 

  • Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
  • Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak.


Yo‘lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo‘yiladigan talablar: 

  • Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar O‘zbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.


Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda:

  • tender kontraktiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;
  • tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga);
  • yo‘nalish hujjatlariga;
  • yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;
  • yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga;
  • qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda - unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak.


Yo‘lovchilar tashuvchi avtotransportvositalari ishini hisobga olish: 

Quyidagilar yo‘lovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi: 

  • a) avtotransport vositasining yo‘l varaqasi;
  • b) shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi;
  • v) avtobus va yengil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma;
  • g) chiptalarni sotish vedomosti (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari).


Avtotransport vositalarining yo‘l varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar bo‘yicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qat’iy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari bo‘yicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi.
Yo‘l hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Haydovchi garajda, yo‘lda, oraliq manzillarga kirib o‘tishda va oxirgi manzillarda yo‘l hujjatlaridagi barcha qaydlarning to‘g‘riligini kuzatib borishi shart.

Yuklab olish uchun manba:


Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Bepul

Xizmatni ko`rsatish muddati:

Ko'rib chiqilmoqda

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Transport xizmatlarini tashkil etish bo’yicha mavjud yo’nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to’g’risida axborotlar taqdim etish bo'yicha arizani ko'rib chiqish to'g'risida xabarnoma.

Rad etish sabablari:

1.Taklif formasi noto'liq yoki noto`g`ri to`ldirilgan bo`lsa.

2.Taqdim etilgan ma`lumotlar haqiqatdan yiroq bo`lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas`ul xodimning e`tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.