Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ҲАМИША ЭЪТИБОРДА
2022-04-08 13:20:13 259
Bir necha kun avval Naymanbo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro tuman hokimligiga farzandlari robototexnikaga qiziqishini, lekin to’garaklarga qatnashish uchun moddiy imkoniyati yetarli emasligini bildirib murojaat qilgan edilar.
Bugun farzandlari kelajagi uchun qayg‘urayotgan onalarning orzulari ushaldi. Tuman hokimining o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov tashabbusi bilan yoshlar Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining robototexnika to‘garagida imtiyozli ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Eng yaxshi investitsiya farzandlarning ta’lim-tarbiyasi uchun kiritilgan investitsiyadir.