Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
HAR BIR MUROJAAT ORTIDA INSON TAQDIRI BOR
2022-10-26 09:06:59 212
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish, pirovardida aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni hayotdan rozi qilish oliy maqsaddir. Muammolarga joyida yechim topilayapti, aholini qiynayotgan, o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Xususan, Toshloqda o‘tkazilgan qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 1 nafar fuqaroga tuman hokimi tomonidan ijara puli 1.5 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi. 4 nafar xotin-qizlarga pech sovg‘a qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.