Ayni jarayonda aholiga qulaylik yaratish, narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshloq tumanida ham qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi. Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida barcha oziq-ovqat mahsulotlari, poliz va sabzavot mahsulotlari o‘rin olgan. Endilikda fuqarolar barcha sifatli mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.