Шрифт ўлчами Ранг Расм

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 65 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


Ўзбекистон Республикаси Президентининг жорий йил 11-12 июль кунлари Фарғона вилоятига ташрифи давомида берилган топшириқлари юзасидан Тошлоқ тумани ҳокими Абдуқаҳҳор Джурабаевнинг туман халқига МУРОЖААТИ

×

 2024-07-18 13:14:19    246

PDF юклаш
Чоп этиш


Assalomu alaykum hurmatli Toshloqliklar!

Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida hududlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, qator mas’uliyatli topshiriq va vazifalari berildi.


Toshloq tumani aholisi 219 mingga yaqinlashganini inobatga olib, tumanda salohiyatli tadbirkorlar ko‘pligi, imkoniyat ham, sharoit ham keragidan ortiqligi, agar to‘g‘ri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investisiya, ishlab chiqarish, ish o‘rini va eksportni karrasiga oshirish mumkinligini ko‘rsatib o‘tildi. 
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqdim.Shu maqsadda, tumanda tashkil etilgan “Taraqqiyot” KSZda “Unversal Solyaris Grand” MCHJ QK ajratib berilgan 12 gektar yer maydonida 40,0 mln.dollar investisiya kiritish hisobiga “Neft mahsulotlari ishlab chiqarish”ni tashkil etish orqali eksport hajmi bosqichma-bosqich 20 mln dollarga yetkaziladi.
“Andijon-Farg‘ona” magistral avtomobil yo‘lining 4P112 Toshloq tumani hududidan o‘tgan qismida joylashgan yer maydonida xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini amalga oshirish natijasida 220 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.


“Varzak” mahallasida kigiz ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida:Tarmoq tashkiloti tomonidan mahalla hududiga 160 kVlik 2 dona transformator o‘rnatilishi shuningdek Agrobank bilan birgalikda har bir oila tadbirkor dasturi kabi aholiga yangi zamonaviy dastgohlar va xom ashyo sotib olish uchun 3,5 mlrd.so‘m (naqd pul ko‘rinishida) kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi. Natijada, 140 tadan ortiq xonadonda kigiz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi hisobiga 400 nafardan ortiq aholi bandligini ta’minlash, yillik o‘rtacha 2 mlrd.so‘mlik kigiz mahsulotlari ishlab chiqarish va byudjetga qo‘shimcha 205 mln.so‘m tushumlar tushirish imkonini beradi.
Toshloq tumanidagi “Izmir Innovation textile” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 10 mln.dollar bo‘lgan “Suniy ipdan mato ishlab chiqarishni”ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilishi natijasida 150 ta ish o‘rni yaratiladi.


Tumanni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz belgilab bergan yangicha tizim asosida ish olib borib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini hal etish, qo‘shimcha imkoniyatlarini ishga solish orqali joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1 889,1 mlrd so‘mga yetkazib, 1,2 barobarga oshiraman. 


Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi o‘ta murakkab sharoitda jahon bozorlariga yangi yo‘l ochish, investisiya olib kelish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdilar. Shundan kelib chiqib umumiy qiymati 125,0 mln dollarlik 23 ta loyihalarni shakllantirib oldik va ularni yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishini ta’minlayman.


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan eksportyor korxonalarni qo‘llab quvvatlashi natijasida tumanda joriy yil yakunida 36,2 mln. dollarlik mahlotlarni eksportga yo‘naltiraman. Joriy yil yakuniga qadar 110,0 mln dollarlik horijiy investisiyalar o‘zlashtiriladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tannarxni pasaytirish, yangi qurilayotgan uy-joylar uchun qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojlarni viloyatda ishlab chiqarilgan temir-beton va syement mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida yakuniga qadar tumanda qurilish yo‘nalishida 8 ta loyihalar ishga tushiriladi.

Shuningdek tuman markazining shaharsozlik qiyofasini o‘zgartirish, ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1968-1975 yillar oralig‘ida qurilgan, ma’nan eskirgan 2 qavatli 4 ta turar-joylarni saloxiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda renovatsiya asosida yangitdan quriladi. Bunda binolar 5-7 qavatli, yerto‘la va 1-qavatlarida hizmat ko‘rsatish ob’yektlarini joylashtirish belgilanadi.
Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida yil yakuniga qadar tumanda 5558 nafar aholi bandligi ta’minlanadi, jumladan:investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 989 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 4294 ta, qurilish sohasida 275 ta ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Tijorat banklari tomonidan har bir mahallada yil yakuniga qadar 20 tadan jami 673 ta (qiymati 19,0 mlrd.so‘m) mikroloyihalarni amalga oshirish hisobiga 1211 nafar aholi bandligini ta’minlanadi.


Shuningdek 2089 ta o‘zini-o‘zi band qilish, 240 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va 3318 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etiladi;mahalla tomorqasida va uy xo‘jaligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida yil yakuniga qadar 442 nafar aholi bandligi ta’minlanadi, ushbu maqsadlarga jami 8,8 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi;bank mijozlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni muammolarini hal qilish orqali 1684 ming ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  


Bugungi kunda migratsiyada yurgan, hatlov natijasi kam daromad olayotganligi aniqlangan 3932 nafar fuqarolarni qaytarib va ularni doimiy daromadga ega, kafolatlangan ish o‘rin bilan ta’minlayman. Bunda ularni bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalariga joylashtiriladi. Shuningdek kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, subsidiya hamda imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan tadbirkorlikka yo‘naltiriladi.
Aholini tamorqadan foydalanishi madaniyatini yanada oshirib, mazkur yo‘nalishda “Sayxunobod”, “Uychi tajribalari”ni keng qo‘llayman.Davlatimiz rahbarining bergan vazifa va topshiriqlaridan tegishli hulosa chiqargan holda Men o‘z komandam va albatta Sizlar bilan birgalikda mazkur vazifalarni to‘laqonli bajarishda bor kuch-g‘ayratim va shijoatimni sarflayman. 


A.Djurabayev,Toshloq tumani hokimi.