Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
ТАРFИБОТ ТАДБИРИ
2019-08-09 09:59:54 219
30 iyul—“Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tuman ichki ishlar bo’limi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida tumanimiz markazida targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. Unda ittifoqning faol yoshlari tomonidan “Biz odam savdosiga qarshimiz” shiori ostidagi ogohlikka chorlovchi buklet va tarqarma materillar ulashildi.
Hususan tuman markazidagi korxona-tashkilotlar, bozor va savdo do’konlari, avtoshohbekat va boshqa gavjum joylarda fuqarolar bilan suhbatlar olib borilib ushbu illatning domiga tushib qolgan fuqarolarimiz hayoti haqida ma’lumotlar berildi. Ayniqsa o’sib kelayotgan yoshlar ongiga buning oxiri voy ekanligi uqtirildi. Bunday jirkanch illatlarga qarshi barchamiz birga harakat qilaylik. Shundagina odam savdosi domidan yaqinlarimizni asrab qolamiz.
Dostonbek Yo’ldashev,
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisining ijtimoiy himoya va bandlikka ko’maklashish bo’yicha o’rinbosari.