Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Tadbirkorlik faoliyati.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar.

Tashkilot:

Farg'ona viloyat hokimligi.

Bog`lanish:

Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

  • Bank to`lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganligi haqidagi kvitansiya);
  • O`xshash yoki qisman o`xshash nomlanish yo`qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;
  • Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;
  • Dehqon xo'jaligi uchun yer ajratish to'g'risida xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:

Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati:

2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Ro'yxatga oluvchi organ muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxsning davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma, hamda muhr va shtampning eskizlari.

Rad etish sabablari:

  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
  • Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.