Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloqda aliment o'rniga xonadon berildi
2022-04-08 10:48:30 202
Majburiy ijro byurosining Toshloq tumani bo‘limi ish yurituvida FIB Shayxontohur tumanlararo sudining 10.08.2021 yilgi qaroriga ko‘ra, qarzdor K.A.dan undiruvchi K.Z. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzlarini to‘lamay kelgan.
Davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash
muqarrar javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi tushuntirilgan holda ogohlantirildi.
2022-yil 31-mart kuni qarzdor va undiruvchining o‘zaro
kelishuviga asosan qarzdor K.Z. voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy
ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar 215 oy to‘lashi lozim bo‘lgan
211,2 mln. so‘m aliment o‘rniga Farg‘ona shahar, Tinchlik ko‘chasidagi ko‘p qavatli
uydagi xonadonni undiruvchi K.Z. nomiga notarius orqali rasmiylashtirib
topshirdi.