Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KONSTITUSIYAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH – DAVR TALABI
2022-07-01 11:59:34 207
O‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi A.Djurabayev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zosi Manzuraxon Salimova hamda 113-saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tillavoldiyevlar qatnashdilar.
Dastlab Konstitusiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar haqida Oliy Majlis Senati a’zosi Manzuraxon Salimova ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida barcha o‘zgarishlar zamirida inson qadrini ulug‘lash tamoyili yotgani, islohotlarning tub zamirida "Inson-jamiyat-davlat" strategiyasi pirovard maqsad qilib olinganini ta’kidladi. Har bir o‘zgarishlar hayotiy zarurat ekanini misollar bilan tushuntirib berdi. Shundan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tillavoldiyev so‘z olib, Konstitusiyani takomillashtirish islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilgani isboti ekani, ushbu jarayonda barcha soha vakillari faolligini oshirish xususida so‘z yuritdi.
Muloqotda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, mazkur jarayonlarni aholiga yetkazishda jonbozlik ko‘rsatishga chaqirildi.