Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAR BIR MUROJAAT IJOBIY HAL ETILMOQDA
2022-07-05 15:38:28 220
Haftaning har seshanba kuni tuman hokimining fuqarolarni murojaatlarini qabul qilish kuni. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida tumandagi korxona va tashkilotlarning mutasaddilari ham ishtirok etishib, har bir muammo joyida bartaraf etilmoqda. Ayrim talab etiladigan murojaatlar qat’iy nazoratga olinmoqda.