Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI.
2022-07-13 18:30:37 208
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyat Toshloq tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bo‘sh turgan yer maydoniga tadbirkor tomonidan noqonuniy (chorva hayvonlari uchun yemxona va savdo do‘koni) qurayotganligi to‘g‘risida maqola tarqaldi, shu yuzasidan tuman hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida fuqaro S.Xoshimov tomonidan maktabning bo‘sh turgan yer maydoniga savdo do‘koni yuritish maqsadida qurilish ishlarini boshlab yuborgan. Lekin, qurilish ishlari uchun tegishli ruxsatnoma olmaganligi aniqlandi. Noqonuniy ravishda hamda o‘zboshimcha, ruxsatsiz qurilishi olib borilgan bino shu kunning o‘zida buzib tashlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan maktab direktoriga nisbatan tegishli hujjatlar ko‘rmay turib qurilishga ruxsat berganligi sababli qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi belgilandi.