Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUGUN XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING 60-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

×

 2022-07-26 18:29:50    356

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.        

Sessiya ishiga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi A. Djurabayev raislik qildi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

        Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2022 yil 1-yarim yilligi mobaynida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan axborot;


         Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil birinchi yarim yilligi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida Toshloq tumanida olib borilgan  faoliyati to‘g‘risidagi axborot;


        Toshloq tuman xalq qabulxonasining 2022 yil birinchi yarim yil davomida tumandagi sektorlar faoliyati, davlat dasturlarining ijrosi va tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash sifati to‘g‘risidagi axborot;

       Toshloq tuman prokuraturasining 2022 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot;


       Tumanning 3-sektor hududida yashovchi fuqarolarni “Temir daftar”dan chiqarish bo‘yicha axborot;


       Tuman Adliya bo‘limini davlat organlari va tashkilotlarining 2022 yil ikkinchi choragi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot;

       Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limining 2022 yilning o‘tgan olti oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot;


       Toshloq tuman mahalliy byudjetining 2022 yil olti oyi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;


       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 avgustdagi 6279-sonli “Ish haqqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 29 apreldagi PF-128-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi farmonlarida belgilangan vazifalarni tumanda bajarilishi bo‘yicha axborot;

      “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risidagi axborot;


       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 maydagi “Davlat umumiy o‘rta muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibida  ta’minlangan deb etirof etilgan oilalar farzandlari uchun maktab formasini  mahallliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan sotib olinishi to‘g‘risidagi axborot; 


      “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari sarflanishi to‘g‘risidagi axborot;


     Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.


Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.