Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QO‘SHA QARISH SAODATI

×

 2022-08-02 17:55:55    336

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida “Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ga asosan uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qo‘sha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targ‘ib etish maqsadida mahallalarda «Qo‘sha qarish saodati» kabi mavzularda tantanali taqdirlash marosimlari tashkil etilmoqda. 
      Kuni-kecha Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan “Qo‘sha qarish saodati “ tadbiri doirasida uzoq yillar davomida totuvlik bilan umirguzaronlik qilib kelayotgan nuroniylar xolidan xabar olindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
     Yangi yo‘l mahallasida istiqomat qiluvchi Raxmonali Yunusov va E’tiborxon Akramovalar mana 60 yildirki qo‘sha qarib umrguzaronlik qilishmoqda. Ular 4 nafar farzandni kamolga yetkazib, bugungi kunda keksalik gashtini surishmoqda. Xamrak MFYda yashovchi Komiljon Karimov hamda Mayramxon aya turmush qurishganiga 62 yil to‘ldi. Ular 5 nafar farzandni, 16 nafar nevara hamda 20 nafar chevarani kamolga yetkazib, bugungi kunda keksalik gashtini surishmoqda. Shu kuni ularning hayotiy tajribalari yosh oilalarga shaxsiy namuna qilib ko‘rsatildi. Tashkilotchilar mazkur oilalarga tashrif buyurib, xonadon sohibi va sohibasiga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari, gullar taqdim qilishdi.
      Otaxon va onaxonlar duoga qo‘l ochib, ko‘rsatilgan e’tibor va ehtirom uchun Yurtboshimizga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.


Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.