Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA SUV TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2022-08-12 20:01:41 240
Joriy yilda Toshloq tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamdagi qurilish-ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish inobatga olinib, tez fursatlarda ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
“Farg‘ona Suv ta’minoti” MCHJ Toshloq tumani bo‘limi tomonidan mahalliy byujet mablag‘lari hisobidan 2022 yil 6 oy davomida Qalacha MFYda 1 dona ichimlik suv kudug‘i qazildi, 8 ta MFYlar hududida jami 22 km.lik toza ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Bundan tashqari 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi suv nososlari mukammal ta’mirlanib qayta ishga tushirildi.
“Obod qishloq” davlat dasturi asosida Xonaqa MFY hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 dona ichimlik suvi qudug‘i qazish hamda 17 km ichimlik suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan bo‘lib hozirgi kunda qurilish- montaj ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qo‘rg‘oncha MFY hududidagi 7- umumta’lim maktabining ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 250 metr suv tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.