Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BO‘LIB O‘TDI
2022-09-17 18:07:20 234
Yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi, tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi vakillari hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etdilar.
Dastlab, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri G.Abdusamadova Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 196-sonli buyrug‘i bilan tanishtirdi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish uchun nazoratni kuchaytirish, tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bo‘lishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarning barcha xodimlariga ish vaqtida mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda foydalanish mumkin emasligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini is’temol qilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi, davlat-hususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yuqorida keltirilgan masalalarga e’tibor qaratib faoliyat yuritishlari so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda mavzu yuzasidan ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar javob qaytardilar. Yig‘ilish so‘ngida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.