Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YIL YAKUNIGA QADAR MAHALLALARDA 7 KM UZUNLIKDAGI ICHKI YO‘LLARDA SYeMENT-BETON QOPLAMALI YO‘LLAR QURILADI
2022-09-21 18:21:21 225
Toshloq tumanida qishloqlardagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash, aholiga yanada qulayliklarni yaratib berish maqsadida tez va sifatli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hususan, ayni kunlarda Xo‘jariq MFY hududidagi Kelajak ko‘chasida 0,5 km masofalik ichki yo‘llar syement-beton qoplamasi qurilish ishlari bajarilmoqda. Obisiyo, Nayman, Yuqoriqishloq, Aylanmajar hamda Konizar MFYlardagi 3 km.lik ichki yo‘llar sifatli qilib bitkazilmoqda. Ushbu ta’mirlash-qurilish ishlari uchun jami bo‘lib davlat byujetidan 900 mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Bundan tashqari “Obod qishloq” davlat dasturi asosida Xonaqa hamda Naymanbo‘ston MFYlarda ham jami 4 km.lik ichki yo‘llarda syement-beton qoplamasini qurish ishlari olib borilmoqda.