Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AJRIMLARNING OLDINI OLISH YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
2022-09-23 18:58:51 218
Bugun Toshloq tumani hokimligida FHDYO bo‘limida turmush qurish bo‘sag‘asida turgan 91 juft yoshlar hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari bilan birgalikda, tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbirida ta’kidlandiki, ajrimlarni jamiyatda kamaytirish uchun asosiy e’tiborni nikohga qaratish lozim. Uning qadr qimmatini imkon qadar oshirish kerak. Nega? Chunki asosiy e’tibor to‘y va to‘ygacha bo‘lgan marosimlarga qaratilgan. Bu esa achinarli holat, albatta.
Oiladagi ajrimlarni oldini olishda, asosan, yoshlarni oila ilmiga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Ularda oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligi to‘g‘risidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib borish kerak.
Tadbir so‘ngida uzoq yillar namunali hayot kechirgan oila vakillari rag‘batlantirilib yoshlarga ularning bosib o‘tgan hayot yo‘li o‘rnak sifatida e’tirof etildi. 2 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilib, ular yangi hayotga qadam qo‘ydilar.