Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILMOQDA
2022-09-27 16:31:40 251
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda. Davlatimiz tomonidan xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuyg‘ularini hisobga olgan holda ularning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshloq tumanida tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan jami 154 nafar yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga turli xil turdagi yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni 186 nafari reablitasiya texnik vositalari bilan ta’minlandi.
Toshloq tumanidagi Guzarboshi MFY, Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan Ixvolbek O‘rinov tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga elektr yuritmali nogironlik aravacha olish uchun murojaat qilgan edi.
Ushbu fuqaroning murojaati o‘z vaqtida xal etildi. Kuni-kecha viloyat tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarma boshlig‘i X.Mirzayev hamda tuman hokimligi murojaatchining xonadoniga tashrif buyurib, elektr yuritmali aravachani topshirdilar