Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAR BIR MUROJAAT - XALQ DARDI BILAN YASHASH, MUAMMOLARGA YeCHIM IZLASHGA UNDAYDI
2022-10-04 16:30:08 252
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi A.Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Tuman hokimi qabulida aholining turmush tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadida har bir murojaatlar atroflicha o‘rganib chiqildi.
Qabul jarayonida 20 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 3 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek qabul so‘ngida belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.