Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"KEKSALAR HAFTALIGI" DOIRASIDA NURONIYLAR MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN UCHRASHDILAR
2022-10-06 21:25:33 243
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda tegishli majlis bayoniga asosan “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshloq tumanida ham “Keksalar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan joylarda tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu hafta mobaynida Besarang MFYda istiqomat qilayotgan 40 nafar nuroniylar Qo‘qon shahriga sayohatga yuborildi. Obisiyo MFYda “Ko‘zga surtgim ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida ustoz va murabbiylar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Bugun tumandagi 12-, 8-umumta’lim maktablarida nuroniylar bilan yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda keksalar yoshlarga tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetib ta’lim-tarbiya olishlarini, hayotda halol mehnat qilib o‘z o‘rnini topish kerakligi aytib o‘tildi. O‘z o‘rnida nuroniylarga ushbu ta’lim maskanlarida yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tumanimizda “Keksalar haftaligi” davom etmoqda.