Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2022-10-08 20:21:52 221
Toshloq tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida tumanda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, qishloq xo‘jaligi sohasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar va Yoshlar ishlari agentligi Toshloq tumani bo‘limi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikka yanada kengroq jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi. Unda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Press-tur ishtirokchilari dastlab tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Dastlab “Boymat-Shermat saxovati” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurildi. Mazkur fermer xo‘jaligi tasarrufida 107 gektar yer maydoni bo‘lib, bu yil 48 gektar yerda g‘alla yetishtirib, gektaridan 90 tonnadan oshirib hosil oldi. 38 gektar yerda parvarishlangan g‘o‘za nihollari ham yuksak agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilgani bois, nihollar rivojlanib, mo‘l hosil to‘plandi. Buni yillik reja 11 kunda, birinchi terimning o‘zidayoq bajarilgani isbotlab turibdi. Xo‘jalikning Expo Kollor Prin Teks paxta-to‘qimachilik klasteri bilan tuzgan shartnomasiga asosan 170 tonna paxta yetkazib berildi. Hosildorlik gektariga 46 syentnerdanni tashkil etdi.
-Klaster usuli o‘z samarasini bermoqda,-deydi fermer xo‘jaligi rahbari Jasurbek Shermatov. – Shartnoma shartlarining bajarilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lmoqda. O‘g‘it va yonilg‘i-moylash materiallarini o‘z vaqtida olganimiz, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgani o‘z samarasini bermoqda. Hozirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, paxtachilikning o‘zidan 800-900 million so‘m sof foyda olishni ko‘zlab turibmiz. E’tiborlisi, fermer xo‘jaligi 5 gektar maydonda sun’iy ko‘l tashkil etib, baliq parvarishlamoqda, 100 qutida asalari boqilmoqda. Fermer kelgusida xo‘jalik faoliyatini yanada kengaytirishni, eko va agro turizmlarni tashkil etish niyatida ekanligini aytib o‘tdi. “Fayzli Oytamg‘a ko‘rki” fermer xo‘jaligi ham ko‘p tarmoqli. Xo‘jalik paxta, g‘alla, sabzavot mahsulotlari yetishtirishdan tashqari, naslli chorva mollarini parvarishlamoqda, salkam 1 gektar maydonni egallagan issiqxonasiga ega. Xo‘jalik rahbari Hakimjon Haydarov press-tur ishtirokchilariga g‘alla va paxta hosili mo‘l bo‘lganligini, shartnoma rejalarini ortig‘i bilan bajarganlarini aytib o‘tdi. 33 gektar maydondagi paxta hosildorligi 40 syentnerdanni tashkil etib, shartnoma rejasi ziyodi bilan uddalandi. Ikki yil avval Ukrainadan olib kelingan zotdor qoramollar fermer xo‘jaligida belgilangan rasion asosida boqilmoqda. Hozir ularning soni 35 taga yetdi. Sigirlarning 20 kilogrammgacha sut berayotgani e’tiborli. Teplisada esa limon ko‘chatlari bo‘y cho‘zmoqda. Kunning ikkinchi yarmida jurnalist va blogerlar tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev bilan uchrashdilar. Samimiy o‘tgan muloqot chog‘ida tuman hokimi qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar jarayoniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Klaster va fermer xo‘jaliklari munosabatlarini ijobiy baholadi. Tumanda “Yashil makon” yaratish, yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka ishtiyoqi bor yoshlarni kasbga yo‘naltirish, bank krediti olishlariga ko‘maklashish kabi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Jurnalistlar savollariga to‘laqonli javob berdi