Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING 62-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2022-10-15 14:26:52 230
Sessiya ishida tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman sektor rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyaga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqaxxor Djurabayev raislik qildi hamda olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Toshloq tumanida “Sahovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi to‘g‘risida;2. Toshloq tumanida 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida sektorlar faoliyati, davlat dasturlarining ijrosi va tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash sifati to‘g‘risida;3. Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida Toshloq tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;4. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining Toshloq tumanida 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;5. Toshloq tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash to‘g‘risida;6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 17 yanvar kungi 26-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;7. Toshloq tuman Adliya bo‘limining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;8. Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining keyingi chorakda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi to‘g‘risida;9. Tuman hokimligi moliya bo‘limining 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;10. Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida;11. “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari sarflanishi yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.