Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2022-11-12 08:53:36 231
Aholi salomatligini asrash va tibbiy madaniyatini oshirish yo‘lida Toshloq tumanidagi 2200 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari davolash profilaktika muassasalarida bir qator ijobiy natijalarga erishmoqda-ki, buni e’tirof etmoq joizdir. Shu kunga qadar tibbiyot birlashmasi tasarrufida 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda 7 ta Oilaviy poliklinikalar, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti va Bolalar tish davolash poliklinikasi, uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi «Tez tibbiy yordam» bo‘limlarining moddiy texnika bazasi mustahkamlanib, kadrlar malakasini oshirish ishlari izchil ravishda davom ettirilmoqda. Hozirgi vaqtda birlashma va uning bo‘limlarida 178 nafar shifokor hamda 1500 nafardan ziyod o‘rta tibbiyot, kichik tibbiy xodimlar el salomatligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Tadbirda tuman hokim Abduqaxxor Djurabayev tibbiyot xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi inson manfaatlari deganda, avvalo, insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi. Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish masalasi doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bayram munosabati bilan sohaning fidoiy xodimlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.