Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TADBIRKOR MUHTOJ OILALARGA KIYIM-KECHAK BEPUL TARQATDI

×

 2022-11-15 09:28:10    234

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi “Amira Textile” korxonasida bugungi kunda 300 nafardan ziyod xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Bu yerda ishchi-xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Korxonada "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. “Amira Textile” korxonasi rahbari, tadbirkor Sherzod Botirov tomonidan “Ayollar daftari”, “Temir daftari” ro‘yxatida turuvchi hamda korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga 500 dona kiyim-kechaklar bepul tarqatildi. Bugun, muhtoj oilalar vakillariga hamda ishchi-xodimlarga korxonada ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklarni tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev topshirar ekan, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirish, ularning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.