Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1-SEKTOR HUDUDIDA “YOSHLAR BALANSI” YANGIDAN SHAKLLANTIRILMOQDA
2022-11-17 14:43:38 286
Ayni kunlarda Toshloq tumanida Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan tizim asosida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari” ga kiritish hamda aniqlangan muammolarni ijobiy hal qilish takliflarini tayyorlash maqsadida “Yoshlar balansi”ni qayta shakllantirish uchun uyma-uy yurib xatlov ishlarini olib bormoqdalar. Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqaxxor Djurabayev sektor hududidagi Istiqlol hamda Xonariq mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan uyma-uy yoshlar xatlovi jarayonlari bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida ushbu tizim asosida eng birinchi o‘rinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi” ni to‘liq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari” ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Tuman rahbari ishtirokidagi xatlovda yoshlarga oid davlat siyosatini to‘laqonli amalga oshirishda mahalladagi muammolar atroflicha tahlil qilindi. Hududlarda alohida yuritiladigan «Yoshlar balansi» yoshlarning ta’lim, bandlik, oilaviy, ijtimoiy va salomatlik holati bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish, mahallalardagi infratuzilma va ob’yektlar mavjudligi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish orqali shakllantirishga ahamiyat qaratildi.