Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI TARGʻIBOTIGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2022-11-23 14:15:28    243

PDF yuklash
Chop etish


       Bugun Toshloq tuman hokimligida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda  viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i X.Toshaliyev Mehnat kodeksidagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.      Kodeksga ko‘ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:•mehnat huquqlari tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;•mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;•mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;•mehnat huquqlari ta’minlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishi kafolatlangani;•xodim huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
     Seminarda Toshloq tumani adliya bo‘limi xodimi S.Mahmudova ushbu hujjatning mazkur sohadagi qator muammolarni hal qilishda, ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e’tibor va rag‘batga ega bo‘lishida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bildirildi.