AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA MAISHIY TEXNIKALAR BERILDI
×
2022-11-23 14:18:33 251
PDF yuklash
Chop etish
Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra joriy etilgan “Ayollar daftari” xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga ko‘tardi. Bugun Toshloq tumanida tadbirkorlik markazida pazandachilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib sertifikat olgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 5 nafariga "Ayollar daftari" jamg‘armasi tomonidan subsidiya asosida elektr pechlar topshirildi. Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova har bir ayol e’tibor va ehtiromga loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Xonariq MFYda yashovchi Gulnoraxon Akbarova pazandachilik sirlarini o‘rganib olganligi, yangi pechda pishiriq pishirib oilasiga daromad keltirishini aytib, bunday qo‘llab-quvvatlashdan mamnun ekanligini bildirdi.