TUMAN HOKIMI KOMMUNAL SOHALARDAGI AVARIYA-DISPETCHYeRLIK XIZMATINING TUNGI VAQTDAGI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
×
2022-12-16 17:16:52 196
PDF yuklash
Chop etish
Ma’lumki, mamlakatimizda ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Toshloq tumanida uzluksiz, tunu kun navbatchilik shtabi tashkil etilib, mutasaddi rahbarlar aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar. 15 dekabr tungi vaqtda tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev kommunal sohalarda aholi murojaati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi hamda ishchi guruh tuman elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lishib, korxona rahbariga aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash va grafik asosida elektr energiyasini yetkazib berish hamda tumanning qaysi hududida nosozlik tufayli elektr energiyasida uzilish sodir bo‘lsa, o‘z vaqtida aniqlab, aniqlangan hududga tezkorlik bilan yetib borib, nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Navbatdagi manzil tuman gaz ta’minoti korxonasi bo‘ldi. Tuman hokimi korxonada uzluksiz ishlayotgan dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishar ekan, aholidan tushayotgan murojaatlarni qay tarzda bajarilishiga e’tibor qaratdi. Eslatib o‘tamiz: Aholi murojaatlari bo‘yicha quydagi telefon raqamlar tunu kun xizmat ko‘rsatmoqda. Tumani gaz ta’minoti korxonasi: (91) 654-00-04; (90) 834-44-71;(73) 238-07-14,238-08-14, 104 (ishonch telefoni)Tuman elektr ta’minoti korxonasi:(95)200-22-16, (90) 535-55-92; (91) 650-20-20, (73) 238-22-16; 238-21-16 (95)-402-13-48(dispetcher)