2022 YILDA TOSHLOQ TUMANIDA 20 MING AHOLINING ICHIMLIK SUV TA’MINOTI VA SIFATI YAXSHILANDI.
×
2023-01-09 15:37:14 208
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tumanida aholini toza va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida tumandagi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya tarmoqlarini qurish, ta’mirlash ishlari bajarildi. 2022 yilda jami 70 kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmoqlari va 5 dona suv minoralari qurildi. Natijada Toshloq tumanida aholining toza ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 69 foizdan 81 foizga yetdi. O‘tgan yili “Obod qishloq” dasturi doirasida Naymanbo‘ston MFY hududida 2 dona ichimlik suv qudug‘i qazildi, 2 dona suv minorasi o‘rnatildi, 15,5 km.lik ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Xonaqa MFYda ham 3 dona suv minorasi o‘rnatilib, 19,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Respublika byudjet mablag‘lari hisobidan Aylanmajar MFY hududida 1 dona ichimlik suv qudug‘i qazildi, 1 dona suv minorasi o‘rnatilib, 2 km.lik ichimlik suv tarmoqlari tortildi. O‘zbekiston MFY hududida ham aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 4,2 km.lik ichimlik suv tarmoqlari tortildi. Shuningdek, "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida So‘filar, Xonariq hamda Sadda MFYlarida ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlariga 2 milliard 430 million so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari mahalliy byudjetdan yo‘naltirilgan mablag‘larga tumandagi Jarqishloq, Ucholish, Mehnatobod, Yangi yo‘l, Yuqoriqishloq, Xonariq, Xo‘jaariq hamda Do‘stlik MFYlaridagi suvlashmagan ko‘chalariga toza ichimlik suvi quvurlari tortildi. Yil davomida tumandagi olis va eng chekka qishloqlarda ham ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilandi. O‘tgan yilda suv ta’minoti borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari ushbu yilda ham davom etadi.