"Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tumanida qator ishlar olib borilmoqda. Mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasada voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tuman markazida Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etilgan "Qalqon" guruhi a’zolari, tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar va Tungi reydlar o‘tkazildi. Tungi reydlarda asosan xozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan masala dorixonalarda taqiqlangan dori vositalarini va pisixatrop modalarni sotilishini oldini olish hamda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida profilaktik suhbatlar olib borildi.