MAKTAB VA BOGʻCHALARDA ISITISH TIZIMI UZLUKSIZLIGI TA’MINLANMOQDA
×
2023-01-24 17:36:18 257
PDF yuklash
Chop etish
Ma’lumki, mamlakatimizda ob-havoni keskin sovub ketishi natijasida ta’lim muassasalari ma’lum muddatga faoliyatini to‘xtatgan edi. Shu kunlarda o‘quv maskanlari o‘z faoliyatini yuritib, o‘quv jarayonlari boshlab yuborildi. Toshloq tumanida ham maktab va bog‘chalarning isitish tizimidagi muammolar bartaraf etilib, o‘quv xonalari dars mashg‘ulotlarini o‘tish uchun shay holatga keltirildi. Binolarda issiqlikni bir me’yorda saqlab turish maqsadida barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumanda bugungi kunda 28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini boshlash uchun bosqichma-bosqich tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 23 yanvar kunidan boshlab, birinchi bosqichda 12 ta maktabgacha ta’lim mussasalari faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 30 yanvarga qadar yana 16 tasi bolajonlarning qabul qiladi. Bugungi kunda muassasalarda isitish tizimi to‘liq ishlamoqda. Ko‘mir va yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlangan. Xonalar o‘rtacha 18-19 daraja iliqlikni tashkil etmoqda. Tumandagi umumta’lim maktablarida ham isitish tizimini uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jami 51 ta ta’lim maskanlarini faoliyat yuritishi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida jami bo‘lib 2415 tonna ko‘mir ajratilgan. 2023 yil 24 yanvar holatiga umumta’lim maktablarida 12 ming tonnaga yaqin ko‘mir zaxirasi mavjud. Issiqlikni me’yorida ushlash maqsadida maktab binolarining deraza va eshiklari plyonka bilan qoplandi. Ayni kunlarda tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 9 ta isitish qozoni soz holatda ishlamoqda. Sinfxonalari isitilish holati bir me’yorda saqlanmoqda. O‘quvchilar uchun qaynatilgan suv tashkil etilgan. 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 5 ta qozondan barchasi soz holatda ishlamoqda. Maktabda isitish tizimini ta’minlash borasida zaruriy ishlar bajarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda qishki mavsumda tumandagi barcha ta’lim muassasalarining issiqlik tizimini barqaror ishlashi bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joylarda muammolar bo‘lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko‘rib borilmoqda.