Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 153 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI QABUL QILINGAN "MEHNAT KODEKSI"DA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

×

 2023-01-26 12:00:30    262

PDF yuklash
Chop etish


    Yangi qabul qilingan "Mehnat kodeksi"da mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida quyidagilar belgilangan. Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitasiya tadbirlari va vositalari tizimidir.

    Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar "Mehnat kodeksi"da, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.   

    Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruksiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart. Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.   

    Mehnatni muhofaza qilishga doir talablarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘z ichiga olgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘zgartirish tartibi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining takliflari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sh.TOLIBOV,
Marg‘ilon shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.