“YOSHLAR DAFTARI”DA RO‘YXATDA TURUVCHI YOSHLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI
×
2023-01-31 17:21:04 372
PDF yuklash
Chop etish
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ayniqsa "Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi yigit-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish muhim masala hisoblanadi.O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan "Yoshlar daftari” ro‘yhatida turuvchi 6 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraklarini ma’lum qismi qoplab berildi. 18 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi. 2 nafar bemor yoshlarning davolanishlari uchun mablag‘ ajratildi. 35 nafar yoshlarning “Kelajak kasblari”da o‘qishlari uchun o‘quv badallari to‘lab berildi. Bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev yoshlarga asbob-uskunalar, mehnat qurollarini topshirar ekan, mamlakatimizda "Yoshlar daftari”ning yuritilishi har bir o‘g‘il-qiz taqdiri davlatimiz nazoratida, e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.