Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ICHKI YO‘LLAR SHAGʻALLASHTIRILIB, ASFALTLASHGA TAYYORLANMOQDA

×

 2023-02-07 16:18:12    316

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qaroriga ko‘ra, Toshloq tumanida bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ayni kunlarda tumanning eng olis va chekka qishloqlarida ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari bilan bir qatorda ko‘chalar, yo‘llar asfaltlashga tayyorlanmoqda. Xususan, hozirgi kunda shag‘allashtirish ishlari ketayotgan Istiqlol MFYdagi Chaman, Yuksalish ko‘chasini 6 km qismini asfaltlashtirish uchun 2 milliard 154 mln so‘m, Konizar MFYdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun esa 2 milliard 171 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. O‘z navbatida ko‘p yillar o‘nqur-cho‘nqir bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan ushbu muammolar bugungi kunda o‘z yechimini topayotganidan aholi juda mamnun bo‘lmoqda.