MAHALLA RAISLARIGA KITOBLAR JAMLANMASI TOPSHIRILDI
×
2023-02-08 16:07:17 287
PDF yuklash
Chop etish
Kitob mutolaasi odamlarni hamisha ezgulikka chorlaydi va ma’rifatga oshno etadi. Yoshlarning qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning o‘rni beqiyos. So‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, Prezidentimizning bir qator qarorlari qabul qilindi. Kuni-kecha Toshloq tumanida «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan 49 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga turli xildagi badiiy kitoblar jamlanmasi tarqatildi. Kitoblarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tarqatishdan maqsad har bir mahallada o‘z kutubxonasini tashkil qilish, aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini ortirish, mahalla ahlining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va mahallalarning ma’naviy xazinaxonasini yanada boyitishdan iboratdir.