Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘QUVCHILARGA KOSIBCHILIK HUNARI CHUQUR O‘RGATILMOQDA
2023-02-10 08:56:07 380
“Piyozchilik” MFY hududidagi 39-umumta’lim maktabi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tumanda namuna sifatida tanlab olinib, o‘quvchilarni kosibchilik hunariga o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
-Mahallamiz asosan kosibchilikka ixtisoslashgan, deyarli har bir oila a’zosi ushbu yumush bilan shug‘ullanadi,-deydi “Piyozchilik” MFY faoli, tadbirkor Muqaddas Soliyeva. – Mahallamizda tayyoralanayotgan keng assortimentdagi poyabzallar vodiy viloyatlari, Toshkent shahrida juda ham xaridorgir. Shuningdek, mahsulotlarimiz qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinadi. Hozirgi kunda maktabda o‘quvchilarga kosibchilik kasbini mukammal o‘rgatish uchun maxsus xona jihozlandi. 35 nafar o‘g‘il-qizlar darsdan so‘ng bajonidil ushbu kasbni o‘rganishyapti. Poyabzalning ba’zi qismlarini mustaqil tayyorlashni o‘rganib olganlari kuniga o‘rtacha 120-150 ming so‘m mablag‘ ham ishlab topishni boshlashdi.
Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev maktabda kosibchilik hunarini o‘rganish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ajratilgan xonalarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan kosibchilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna hamda jihozlar olib beriladigan bo‘ldi.