TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2023-02-10 09:30:47 399
PDF yuklash
Chop etish
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarning birida Toshloq tumanidagi Varzak MFY, Ko‘prikboshi ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan video murojaat berildi. Ushbu murojaat bo‘yicha tuman hokimligi hamda elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari xolatni joyida o‘rganish maqsadida aholi bilan uchrashdi.Aniqlanishicha, aholi murojaatda elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojni ortib borayotganligi sababli elektr ta’minotini yaxshilab berilishi hamda ayrim yog‘och tayanchlarni almashtirib berish so‘ralgan. Tuman elektr tarmoqlari korxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hududda davlat dasturi asosida bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari ketmoqda. Shu kunga qadar ushbu ko‘chalarda ta’minotni yaxshilash maqsadida bir qator ishlar bajarilgan. Xususan, elektr ta’minoti 110/35/10 kVli “Dehqonobod” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Varzak” uzatmasidagi quvvati 63 kVA bo‘lgan TP-305 sonli transformator punktini yukini yengillashtirish uchun qo‘shimcha 100 kVAli transformator punkti hamda 10 kVli yangi beton-tayanchlar olib kelib o‘rnatilgan. Qolgan 0.4 kVli havo tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilish ishlari 2023 yilgi manzilliy dasturda mavjud bo‘lib, unga ko‘ra tez kunlarda ishlar yakuniga yetkaziladi.Aholi bilan suhbat jarayonida mutaxassislar tomonidan dastur asosida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari tushuntirib o‘tildi.